19:50 / 24.04.2019
77421

Foto: Kim Chen Inning Rossiyaga ilk tashrifi suratlarda

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In ilk marta Rossiyaga tashrifini amalga oshirmoqda. Vladivostokda uning zirhli poyezdini Rossiya delegatsiyasi qizil gilam to‘shagan holda kutib oldi. 25 aprel kuni Russkiy orolida janob Kim Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazadi.

Kim Chen Inning zirhli poyezdi Rossiya chegarasini seshanba tongida kesib o‘tdi. U chegaradagi Xasan temir yo‘l stansiyasida to‘xtadi va o‘ziga tutilgan karavaydan (yumaloq bo‘lka non) tatib ko‘rdi.

Foto: Primore o‘lkasi matbuot xizmati /TASS

Vladivostok vokzalida temir yo‘l xodimlari uning yo‘liga qizil poyandoz to‘shashdi.

Foto: GETTY IMAGES
Foto: Reuters

Shimoliy Koreya dohiysini vokzalning ichki maydonida harbiy orkestr qarshi oldi.

Foto: Reuters

Primore o‘lkasiga kelgan KXDR rahbari Rossiyaga borishni orzu qilgani haqida gapirdi.

Foto: TASS, Yuriy Smityuk

Janob Kimga RFning Uzoq Sharq masalalari bo‘yicha ministri Aleksandr Kozlov hamrohlik qilmoqda.

Foto: TASS, Yuriy Smityuk

Vladivostok ikki davlat rahbarlari uchrashuvi arafasida Rossiya va KXDR bayroqlari bilan bezatilgan.

Foto: AP/TASS

Vokzalda mehmon oldindan Vladivostokka yetkazilgan limuziniga o‘tirdi va avtomobil bilan birga yuguradigan tansoqchilari qurshovida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Foto: Reuters
Foto: Reuters

Uni Rossiya milliy taomlari karam sho‘rva va chuchvara bilan mehmon qilishadi.

Mavzuga oid
Top