12:09 / 24.04.2019
18791

Ikkita harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoniga o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘iga ko‘ra, polkovnik Iskandar Mamatmusayevich Mallayev Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. 

Iskandar Mamatmusayevich Mallayev

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bunga qadar Iskandar Mallayev Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgan edi. 

Iskandar Mallayev Donetsk oliy harbiy-siyosiy muhandis va aloqa qo‘shinlari bilim yurti hamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasini tamomlagan. 2014 yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan. 

Shuningdek, Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Nuriddin Bahriddinovich Qodirov Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi.  

Nuriddin Bahriddinovich Qodirov

Nuriddin Qodirov Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini va Qurolli Kuchlar akademiyasini tamomlagan. Xizmati davomida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlarida quyi pog‘onalardagi qator lavozimlardan o‘tgan.  

Top