00:47 / 24.04.2019
4064

Misrda As-Sisiyga 2030 yilgacha prezident bo‘lib qolishga imkon beruvchi tuzatmalar qo‘llab-quvvatlandi 

Foto: RIA Novosti

Misrda o‘tgan referendumda saylovchilar ko‘pchilik ovoz bilan mamlakat konstitutsiyasiga tuzatmalar kiritilishini qo‘llab-quvvatlashdi. Bu tuzatmalarda amaldagi davlat rahbari Abdulfattoh as-Sisiyning prezidentlik muddatining uzaytirilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda saylov komissiyasi raisi Lyoshin Ibrohim ma'lum qildi.   

Tuzatmalar uchun referendumda ishtirok etgan saylovchilarning 88 foizi ovoz bergan. 

Shu tariqa Misrda prezidentlik muddati 4 yildan 6 yilgacha uzaytirildi. Bundan tashqari, prezidentga uchinchi muddatga saylanish huquqini beruvchi modda kiritildi. Endi 2018 yilda 2-muddatga saylangan as-Sisiyning vakolatlari 6 yildan keyin, ya'ni 2024 yilda tugaydi va u yana bir muddatga saylanib, 2030 yilgacha prezident bo‘lib qolishi mumkin.   

As-Sisiy Misrda hozirda taqiqlangan “Musulmon birodarlar” vakili Muhammad Mursiy hokimiyatdan chetlatilgandan bir yil o‘tib 2014 yilda prezident etib saylangan. 2018 yil u 2-muddatga qayta saylangan.

Mavzuga oid
Top