09:58 / 25.04.2019
12600
Reklama

Ecover – Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan mahsulot bilan qurilishning zamonaviy yutuqlariga erishish mumkin

Siz gaz va elektr energiyasidagi taqchilliklarga qaramay uyingiz osongina isishini, xonadoningizda yetarli yorug‘lik bo‘lishini istaysizmi? Xo‘sh, bunga qanday qilib erishish mumkin? Albatta, tejamkor va energiya samarador mahsulotlar yordamida.

Bunday mahsulotlarning afzalliklari nimalarda namoyon bo‘ladi? Binolar qurilishida qanday materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq?

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan «O‘zbekistonda energiya tejamkor uylar qurishda yangi usullar» mavzuidagi taqdimot anjumanida mahalliy ishlab chiqaruvchi «Ekoklimat» kompaniyasining Ecover brendi ostidagi «mineral paxta» qurilish materiallari qaysi jihatlari bilan energiya tejamkor va samaradorlik me'yorlariga javob berishi haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Uy, ofis va boshqa qurilish binolarida tom ostida ingichka qoplama, shift, devor, xonalar orasidagi devorlar, pol va podval uchun keng foydalanilayotgan Ecover – milliy brendi ostidagi ushbu qurilish materiali o‘zidan issiqlikni kam miqdorda o‘tkazishi, namlikka bardoshli va shovqinni yaxshi ushlashi kabi xususiyatlari bilan binoni qishda issiq, yozda salqin ushlab turadi. Shu boisdan, hammom, sauna, oshxona, kafe va restoranlar, issiqxonalar, basseynlarda ham keng foydalanilmoqda.

Alohida ta'kidlash o‘rinliki, korxonada ishlab chiqarilayotgan xavfsizlik, ekologik toza, tejamkorlik, chidamlilik, qulaylik kabi ko‘plab foydali xususiyatlarga ega ekanligi bilan mahalliy mineral paxta materialiga qiziqish va xaridorlar soni tobora ortib borayotir.

Haqli savol tug‘ilishi mumkin, bu materiallar qurilishda qanday afzalliklarga ega va foydalanishga topshirilgan bino uchun qanday ustunliklar taqdim etadi?

Avvalo, shu aytish mumkinki, qurilish sohasida «aqlli qurilish» degan tushuncha bor. Ya'ni qurilish ishlarida foydalaniladigan materiallar orqali energiyani tejash va tabiiy iqlim nazoratiga erishish. Shu bois, «Ekoklimat» kompaniyasi qurilish materiallaridan foydalanish orqali siz qurilish tannarxini pasaytirish, shuningdek havo sovuq kunlari ushbu materiallar yordamida qurilgan binoni isitish uchun kam energiya sarflaysiz.

Xalqaro standartlarga to‘liq javob beruvchi mineral paxtadan ekologik isitkich issiqlik izolyatsiyasi sifatida ham sanoat, ham maishiy binolar qurishda qo‘l keladi.

Qayd etish kerakki, mineral paxta tolali material bo‘lib, uni ishlab chiqarishda tabiiy xomashyo, jumladan, kvars ishlatiladi. Lekin bu bolaligimizdan achchiq xotira bo‘lib qolgan terini qichishtiruvchi «shisha-paxta» emas. U qo‘l tekkanda uvalanib ketmaydi, allergiya bermaydi, terida noxush ta'sir qoldirmaydi va reaksiya chaqirmaydi.

Tabiiy materiallardan tayyorlangan mineral paxta yotoqxonalarda qo‘llash uchun ham mutlaqo xavfsiz.

Mineral paxta issiqlik va shovqin izolyatsiyasi muammosini tez va uzoq muddatga hal etibgina qolmay, elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlarida uzoq yillar davomida iqtisod qilish imkonini beradi. Oddiygina qilib aytganda, eng avvalo energiya, issiqlik yo‘qotish foizlari keskin kamayadi. Ayni shu tejamkorlikdan gaz, issiq suv quvurlari, xonadonlardagi dudburon tarmoqlarida foydalanish maqsadga muvofiq.

Mineral paxta asosi betartib ravishda to‘qilgan o‘ta mayda mineral tolalar bo‘lib, ular zich va barqaror materialni hosil qiladi. Bu material o‘z shaklini va xususiyatlarini yuz yillab saqlab qoladi.

Qulay harorat va sukunat mineral paxtaning serg‘ovak ekanligi bilan kafolatlanadi – tashqi tovushlar va tashqi harorat materialga «singib» ketadi.

Eng muhim jihatlaridan biri shuki, mineral paxta – yonmaydigan material, u o‘ta yuqori haroratga ham chidamlidir.

Ushbu qurilish materialini o‘rnatish oson va alohida malaka yoki moslamalarni talab qilmaydi. Aynan shu jihatlari bilan usta quruvchilarning e'tirofiga ham sazovor bo‘lib ulgurgan.

Ecover mineral paxtasi yengil va ingichka material bo‘lib, namlik va zamburug‘lardan asraydi, unda hech qachon zararkunandalar (hasharotlar, kemiruvchilar va xavfli qora mog‘or) paydo bo‘lmaydi.

 

Qisqasi, «Ekoklimat» kompaniyasi mazkur mahsuloti misolida eng avvalo mamlakatimizda har taraflama foydali bo‘lgan qurilish ashyolari ishlab chiqarilayotgani,  muvaffaqiyatli rivojlanish yo‘lidan borayotganini namoyish etdi.

Ecover milliy brendi ostidagi mineral paxta materiali bugunning talabi, ertangi orzular, toza va sof tabiat, har taraflama qulayligi, energiya tejamkorligi va mablag‘laringizni iqtisod qilish xususiyatlari bilan ham Sizning tanlovingizga arziydi.

Ecover mineral paxta materialini «Ekoklimat» kompaniyasining quyidagi manzillaridan xarid qilish mumkin:

Toshkent shahrida: Mirobod tumani, Eski otchopar ko‘chasi, 3-uy;

Jizzaxda: «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasi, A sanoat hududi.

Telefonlar:

+998(71) 291-17-80;

+998(71) 283-48-14;

+998(97) 157-74-77;

+998(90) 959-74-22;

+998(99) 830-00-96

Shuningdek, ecover.uz sayti orqali batafsil ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz va aloqaga chiqishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid
Top