8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

11:01 / 25.04.2019 4667

Facebook 5 milliard dollarlik jarima to‘lashga tayyorlanmoqda

Foto: EPA

AQShning savdo bo‘yicha federal komissiyasi (FTC) Facebook kompaniyasini maxfiylik shartlarini buzgani uchun 5 mlrd dollargacha jarimaga tortishi mumkin. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi

Kompaniya o‘zining choraklik moliyaviy hisobotida aynan shu qiymatni ko‘rsatgan va FTC’ning joriy tergovi bo‘yicha xarajatlarni 3 mlrd dollardan 5 mlrd dollargacha baholagan.

Ta'kidlanishicha, Facebook va FTC kompaniyani shaxsiy hayot daxlsizligi haqidagi kelishuvni buzganlikda 2011 yilda bildirilgan ayblovlar bo‘yicha moliyaviy jazolash yuzasidan bir necha oy davomida muzokaralar olib borgan.

2011 yilda kompaniya foydalanuvchilari haqidagi ma'lumotlar maxfiyligini saqlash uchun bir qator choralar ko‘rishga va'da bergan.

Bundan tashqari, kompaniya 2018 yilda foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarga tegishlicha munosabatda bo‘lmaslik, jumladan ularning Cambridge Analytica kompaniyasiga berishi bo‘yicha yana tanqidga uchragan. 

Cambridge Analytica kompaniyasi Facebook ijtimoiy tarmog‘ining 87 mln foydalanuvchisi haqidagi ma'lumotlarni qonunga zid ravishda yig‘ib, ularni uchinchi shaxslarga bergan.   

Facebook rahbari Mark Tsukerberg AQSh kongressi va Yevroparlamentda ushbu xatoni tan olgan va uzr so‘ragan.

Top