01:02 / 25.04.2019
37324

Farrosh-tansoqchilar: Kim Chen In tansoqchilari uning yurishda davom etayotgan poyezdini tozalab chiqishdi (video)

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning Vladivostokdagi vokzalga yetib kelgan poyezdi yurishda davom etayotganda maxsus o‘qitilgan xodimlar tomonidan tozalab chiqildi. Ushbu holat videoda muhrlandi.

Poyezd perronga yaqinlashayotganda undan Kim Chen Inning bir necha tansoqchisi yugurib tushgan. Ulardan ba'zilari poyezdga parallel ravishda harakatlana boshlagan, ba'zilari esa hali to‘xtamagan poyezdning Kim Chen In tushishi kerak bo‘lgan vagoni eshiklari va tutqichlarini tozalashga tushib ketishgan. Videoda Kim Chen In xodimlari o‘z ishlarini astoydil bajarayotganlarini ko‘rish mumkin.

Kim Chen In 24 aprelda Rossiyaga ilk tashrif bilan keldi. Uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi 25 aprelga belgilangan. 

Mavzuga oid
Top