20:24 / 25.04.2019
4120
«Konvert»larga joylangan og‘ular to‘xtatib qolindi

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jo‘natish taqiqlangan. Ammo shunga qaramay, pochta jo‘natmalari orqali qonunga xilof ravishda tarkibida psixotrop moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini jo‘natish holatlari uchrab turibdi.

Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari shu turdagi qoidabuzarlikni fosh qilishdi.

Jumladan, fuqaro F.S. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, tarkibida psixotrop va narkotik moddasi bo‘lgan 100 dona “Piralgin” nomli dori vositalari borligi ma'lum bo‘ldi.

Shuningdek, fuqarolar L.T. va D.V. nomiga yuborilgan pochta jo‘natmalarida ham sifati kafolatlanmagan 20 dona dori-darmonlar hamda tarkibida "Tramadol" moddasi mavjud bo‘lgan 10 dona “Tramal retard” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Top