12:45 / 25.04.2019
11016

"Og‘riqlarga chida bolam. Bu ham bizga bir sinov". Oqqon tashxisli bolalar yordamga muhtoj

Sog‘lik – eng katta boyliklardan biridir. Uning qadrini ahvoli og‘ir bemorlar his qilishadi. Har bir kuni, soniyasini og‘riqlarda umid bilan Allohdan shifo so‘rab o‘tkazadi. Xastalik ham bir sinov. Bemorni yo‘qlash uchun bosilgan har bir qadam uchun ulkan savob bor. Endi uning sog‘ayib ketishiga sababchi bo‘lishni tasavvur qilavering.

Xabaringiz bor, Kun.uz jamoasi Toshkent shahrida joylashgan Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutidagi ko‘makka muhtoj insonlar holidan xabar olib kelmoqda. Bu safar ham oqqon kasalligiga chalingan bemorlarning shifokori va yaqin qarindoshlari bilan bog‘landik.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Birinchi bemorimiz Solihabonu Hamidullayeva Toshkent shahri Olmazor tumanida yashaydi. Solihabonu hozirda 7 yoshda. Hozirda 5 kurs davo muolajalarini o‘tkazmoqda. Dori-darmonlar qimmatligi sabab Solihabonuning oilasi qiynalib qolishgan. Onasi Nargiza Xabibullayevaning ta'kidlashicha, Solihabonuni davolatish uchun yordamiga juda muhtoj.

Solihabonu Hamidullayevaning zarur ma'lumotlari:

Telefon: +99894 665 66 19

Onasi Nargiza Xabibullayeva nomiga ochilgan karta:

IPOTEKABANK Click/PayMe: 8600 3329 5059 7207

INN 201027734

MFO 00425

Keyingi bemorimiz Ziyoda Ziyodullayeva Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidan kelgan. Ziyoda hozirda 4 yoshda. 2-kurs davo muolajalarini olyapti. Dadasi ishlash uchun Rossiyaga ketgan Ziyodaga buvisi qarab turibdi. Judayam gapga chechan va aqlli qiz ekan. Hatto yonidagilarga ertaklar, she'rlar aytib berar ekan. Ziyoda davolanishni davom ettirish uchun yordamga muhtoj.

Ziyoda Ziyodullayevaning zarur ma'lumotlari:

Telefon: +99893 302 71 31

Buvisi Shukurova Sabohat nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click /PayMe: 8600 0417 5654 9292

MFO: 00454

INN: 201 005 083

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 8000 0045 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 6000 0045 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2311 8000 6000 0045 4001

Navbatdagi bemorimiz Sarvinoz Ma'murova Toshkent viloyati Bekobod tumanidan kelgan. Sarvinoz hozirda 11 yoshda bo‘lib, 1 kurs davo muolajalarini davom ettirmoqda. Dorilar qimmatligi sabab ancha qarz bo‘lib qolishgan. Onasi Dilso‘z Xo‘janazarovaning ta'kidlashicha qizining davolanishni davom ettirishi uchun moddiy tomondan qiynalib qolishgan. Hozirda Sarvinoz yaxshilar yordamiga muhtoj.

Sarvinoz Ma'murovaning zarur ma'lumotlari:

Telefon: +99899 847 60 05 

Otasi Baxtiyor Xo‘janazarov nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click /PayMe: 8600 0417 4988 1802

MFO: 00454

INN: 201 005 083

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 8000 0045 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 6000 0045 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2311 8000 6000 0045 4001

Yana bir bemorimiz Asadbek Zaripov Xorazm viloyati Xazorasp tumanidan kelgan. Asadbek hozirda 4 yoshda va Gematologiyada 3-kurs davo muolajalarini davom ettiryapti. Oddiy oila. Dori-darmonlar qimmatligi sabab moddiy qiyinchiliklardan aziyat chekkan. Moddiy yordamga muhtoj. Onasi Hayotgul Iskandarova saxovatpesha insonlar uchun doim duoda.

Asadbek Zaripovning zarur ma'lumotlari:

Telefon: +99897 221 80 94 

Otasi Madrimov Azizbek nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click /PayMe: 8600 0417 7744 9753

MFO: 00454

INN: 201 005 083

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 8000 0045 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 6000 0045 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2311 8000 6000 0045 4001

So‘nggi bemorimiz Bunyodbek Matniyozov Xorazm viloyati Shovot tumanidan kelgan. Bunyodbek hozirda 10 yoshda. Oqqonga qarshi 1-kurs davo muolajalarini davom ettirayapti. Otasi oddiy ishchi. Onasi uy bekasi. Dori-darmonlarga juda qiynalib qolishgan. Onasi Gulasal Inoyatovaning ta'kidlashicha, farzandini davolatish va Toshkentda turish oilani qiyin ahvolga tushirib qo‘ygan. Hozirda oila saxovatli insonlar ko‘magiga muhtoj.

Bunyodbek Matniyozovning zarur ma'lumotlari:

Telefon: +99891 987 87 45 

Otasi Rahimboyev Umid nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click /PayMe: 8600 0417 8864 8781

MFO: 00454

INN: 201 005 083

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 8000 0045 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 6000 0045 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2311 8000 6000 0045 4001

Aziz yurtdoshlar! E'tiboringizga taqdim etilayotgan navbatdagi xayriya aksiyasiga ham befarq bo‘lmaysiz degan umiddamiz. Bu jajji qalblarning orzulari osmon. Bu insonlarga taqdirning bu sinovi oldida sinmasligi uchun ham moddiy, ham ma'naviy yordamimizni ayamaylik. Zero, bugun qilgan ehsoningiz oxiratda ustingizda soyabon bo‘lsin. Yaxshilik va xayr-saxovat inson rizqiga rizq, umriga baraka beradi.  

Rahmatillo Isroilov tayyorladi.


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top