18:35 / 25.04.2019
19919
O‘zbekistonda kontaksiz to‘lovlar davri boshlandi

“korzinka.uz” do‘konlar tarmog‘ining savdo nuqtalari kontaksiz to‘lovlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan qurilmalar bilan jihozlandi.

Havfsiz va tezkor to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi (YaUPM) PAX SP20 V4 qo‘shimcha uskunlarga tegishli test ishlarini yakunladi. Bir necha oylar davomida kompaniyamiz tomonidan Uzcard terminal tarmog‘ida PIN-Pad masofali qurilmaga tegishli havsizlikni ta'minlash ishlari samarali olib borildi.

Havfsizlikni ta'minlash talablariga binoan, karta PIN-kodini kiritish yoki qurilmaga tekkizish yo‘li orqali to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida karta foydalanuvchisi ixtiyoriga PIN-qurilma taqdim etilishi darkor. PAX SP20 V4 gibridli apparatlarga tegishli turlardan biri hisoblanadi . Xaridor mustaqil ravishda kartani joylashtirishi, PIN-kodini kiritishi, to‘lovni amalga oshirishi va ushbu apparat orqali chiqarilgan chekni qabul qilib olishi mumkin. 

PAX SP20 V4 “Xalqaro to‘lov tizimi” dasturiy ta'minoti bilan integratsiya qilingan bo‘lib, bu o‘z navbatida amaldagi POS-terminallarning NFC texnologiyalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini bildiradi. Hozirda, kompaniya tomonidan 50 mingdan ortiq POS-terminallar innovatsion to‘lov turini qo‘llab-quvvatlamoqda. Shuningdek, Uzcard terminal tarmog‘idagi qolgan POS-terminallarning dasturiy ta'minoti va ularga biriktirilgan masofali qurilmalar o‘rnatilmoqda.

Hozirda Uzcard mahalliy kartalari faqat chip orqali to‘lovlarni qo‘llab quvvatlaydi, biroq yaqin kelajakda NFC texnologiyalari yordamida ham xaridlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi («Near field communication» – 10 santimetr masofada joylashgan, o‘zaro qurilmalar orqali ma'lumotlar almashinuvi amalga oshiriladigan qisqa masofali radiusga mo‘ljallangan simsiz texnologiya).

Ushbu qurilmani joylashtirgan savdo nuqtalari egalari kontaksiz interfeysga ega xalqaro, kobeydjing kartalariga, shuningdek, mahalliy Uzcard kartalariga xizmat ko‘rsatish va havfsizlik talablariga javob berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu PIN-Pad xalqaro PIN-Security talablariga javob beradi. O‘z navbatida, qurilma unga kiritilgan raqamlarni eslab qolmasligi tufayli, karta egalari ishonch bilan PIN-kodni kiritishlari yoki qurilmaga yaqin keltirish yo‘li orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Uzcard terminal tarmog‘ida ilk bor ushbu to‘lov turi joriy etildi. Bir qator savdo nuqtalari mijozlarga innovatsion yechimlardan biri hisoblanadigan, QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadilar. Jumladan, mamlakat bo‘ylab kontaksiz to‘lovlarni (NFC) qabul qiluvchi bank terminallari havfsizligini ta'minlash maqsadida kompaniyamiz tomonidan qator choralar ko‘rildi va loyihalar amalga oshirildi. Misol uchun, maxsus loyiha bo‘yicha UnionPay-Uzcard kobeydjing kartalari yordamida bir necha yo‘llar orqali to‘lovlarni o‘tkazish mumkin:

  • chip;
  • magnit chizig‘i;
  • NFC texnologiya orqali.

Amalga oshiriluvchi choralar qatorida, Uzcard banklararo to‘lov tizimining tarminal tarmog‘ini savdo nuqtalari egalari uchun daromad olib keluvchi va havfsizlikka javob beruvchi qo‘shimcha qurilmalar bilan jihozlash asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

PAX SP20 V4 qurilmasi joylashtirilgan “korzinka.uz” do‘konlar tarmog‘ining manzilini e'tiboringizga havola etamiz:

  • korzinka.uz – Abay | Abay ko‘chasi, 13. Mo‘ljal: Yosh tomoshabinlar teatri.
  • korzinka.uz – Turkmenskiy | Yu.X.Xodjib ko‘chasi, 1A. Mo‘ljal: Sobiq Turkman bozori, IIV.
  • korzinka.uz – Shedevr | Markaz 4 , Navoiy ko‘chasi, 11b. Mo‘ljal: Milliy kutubxona.
  • korzinka.uz – Azimova | Sodiq Azimov ko‘chasi, 81. Mo‘ljal: IIBB, “Efendi” kafesi.
  • korzinka.uz – Salom | Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 158A. Mo‘ljal: “Salom” restorani.

PAX SP20 V4 qurilmasini savdo nuqtalariga joylashtirishga tegishli ma'lumot uchun savdo nuqtasiga xizmat ko‘rsatayotgan bank bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Union Pay-Uzcard kobeydjing kartalariga tegishli batafsil ma'lumot bilan quyidagi internet manzili orqali tanishishingiz mumkin:

www.uzcard.uz/press_release/na-dnyah-bylo-podpisano-dvustoronnee-soglashenie-mezhdu-uzcard-i-unionpay-international/

Top