21:14 / 25.04.2019
8254
O‘zbekistonda «Sharaf lentasi»ni tarqatish kampaniyasi boshlandi 
Foto: Facebook /yoshlarittifoqi.uz

25 aprelda Ikkinchi jahon urushi vaqtida jasorat va mardlik ko‘rsatgan o‘zbekistonliklarga hurmat ramzi sifatida “Sharaf lentasi”ni tarqatish kampaniyasi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati ma'lum qildi.    

Ilk lentalar Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi binosi oldida tarqatildi. Lentalarni tarqatish marosimining ochilishida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi rahbariyati, fan, ta'lim va madaniyat arboblari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishgan.

Foto: Facebook /yoshlarittifoqi.uz

“Yoshlar ittifoqi faollari va ko‘ngillilari harbiy orkestr musiqasi sadolari ostida bayrog‘imiz ranglaridagi “Sharaf lentalari”ni tarqatishdi”, deb aytilgan xabarda.

Lentalarni tarqatish bo‘yicha tadbir butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘tadi.

Top