8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

15:15 / 25.04.2019 4053

Pager messengerʼida ovozli xabarlar yuborish va videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoni paydo bo‘ldi

O‘zbekistonlik dasturchilar tomonidan yaratilgan Pager messengerʼi foydalanuvchilari endi TAS-IX muhitida ovozli xabarlar yuborish va video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi. Bu haqda dastur ishlab chiqaruvchilaridan biri Anvar Karimov Kun.uzʼga ma'lum qildi. 

“Biz dasturni takomillashtirish va o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari uchun to‘liq ishonchli hamda har tomonlama qulay mahalliy messenjer yaratish ustida tinimsiz izlanmoqdamiz.  Izlanishlar natijasida endi Pager ilovasi foydalanuvchilari uchun o‘zaro TAS-IX muhitida ovozli xabarlar almashish va videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratdik. O‘ylaymizki, bu qulaylik foydalanuvchilarimiz uchun ayni muddao bo‘ladi”, deydi dasturchi. 

Avvalroq Anvar Karimov Pager ilovasi orqali foydalanuvchilarning o‘zaro matn, rasm, kontaktlar, mediafayllarni juda oson tarzda almashish imkoniyatlari hamda dasturning o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida ishlashi haqida ma'lumot bergan edi

Ma'lumot uchun, internet foydalanuvchilar ilovani quyidagi havolalar orqali yuklab olishlari mumkin:

Google Play
App Store

 

Reklama huquqi asosida

Teglar

Top