14:53 / 25.04.2019
88903

Toshkent dengizida juda katta baliq ovlandi

24 aprel kuni Tuyabo‘g‘iz suv omborida (Toshkent dengizi) 35 kilogrammlik baliq ovlandi. Bu haqda «Potrebitel.uz» guruhi xabar bermoqda.

Foto: Potrebitel.uz

«Baliq - olachipor yoki pestrik. Tarozida tortib ko‘rilganida, uning og‘irligi 35 kilogrammni tashkil etdi. Uni suvdan chiqarib olish uchun bir necha kishi suvga tushishga majbur bo‘ldi», - deya ta'kidlab o‘tgan baliqchilar.

Shuningdek, xabar qilinishicha, baliq ovi hozirgi paytda Toshkent dengizi va unga yaqin atrofdagi kanallarda yaxshi holatda.

Top