8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

16:57 / 26.04.2019 8883

11 nafar xodimdan bir necha yuz minglik shtatgacha: Amazon’ning o‘sish tarixi

Ko‘plab yirik texnologik kompaniyalar mavjudligining ilk bosqichlaridayoq intensiv o‘sishni boshdan kechirgan. Biroq Amazon kompaniyasining tarixi o‘zgacha. Kompaniya kadrlar bo‘limi direktori Bet Galetti kompaniya hozirda butun tarixi davomida kuzatilgan yangi xodimlarning eng kuchli oqimini boshdan kechirayotganini ta'kidlamoqda.

Foto: Global Look Press

Amazon’da 647 ming kishi ishlaydi, bu Galetti ishga joylashgan 2013 yildagiga qaraganda olti marta ko‘proq. Kompaniyaga kuniga o‘rtacha 337 nafar yangi xodim keladi. Amazon o‘z shtatini qanday kengaytirganini ko‘zdan kechiramiz.

1995 yil — 11 nafar xodim

Kitoblar savdosiga ixtisoslashgan navqiron sayt amazon.com Ueynrayt ismli ilk xaridorini topdi. Keyinchalik kompaniya o‘z binolaridan biriga uning nomini bergan.

Foto: Stephen Maurice Graham

1997 yil — 614 nafar xodim

Kompaniya hali ham daromadga kirmadi va Barnes & Noble kabi yirik kompaniyalar bilan raqobat qildi. Amazon ommaviy kompaniyaga aylandi va uning bir dona aksiyasi 18 dollarga teng bo‘ldi.

1998 yil — 2100 nafar xodim

Xalqaro bozorga kirish boshlandi – kompaniya Buyuk Britaniya (1,2 millionta kitob) va Germaniya (335 mingta kitob) uchun saytlarni ishga tushirdi.

2000 yil — 9000 nafar xodim

Amazon uchinchi shaxslarga ularning sayti orqali kitoblarni sotishga ruxsat berdi. 2017 yilda bu kabi kelishuvlar kompaniya savdolarining katta qismini tashkil qildi.

2001 yil — 7800 nafar xodim

Dotkomlar pufagi yorildi va Amazon aksiyalari narxi tushdi. Kompaniya shtatining 15 foizini qisqartirdi va qisqartirishlarning qisqa davri boshlandi.

Foto: Stephen Maurice Graham

2002 yil — 7500 nafar xodim

O‘zining riteyl ildizlaridan xalos bo‘lishga intilgan holda Amazon onlayn-infratuzilmasini tashqi kompaniyalarga taqdim etdi. Amazon Web Services yangi sanoatni yaratdi, hozirda u 30 milliard dollarlik biznes sanaladi.

2005 yil— 12000 nafar xodim

Xaridorlarda Amazon Prime yillik abonementini xarid qilganda bepul yetkazib berishdan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Hozirda 100 million kishi mazkur servisdan foydalanadi va unga nafaqat bepul yetkazib berish, video strimingi va mahsulotlar uchun chegirmalar ham kiradi.

2007 yil — 17000 nafar xodim

Kindle elektron kitobi Amazon’dagi ilk gadjetlardan biriga aylandi. Undan keyin esa boshqa – planshet, televizor, kolonkalar paydo bo‘ldi.

Foto: Stephen Maurice Graham

2009 yil — 24300 nafar xodim

Amazon oyoq kiyimlar do‘koni Zappos va uning mijozlarga munosabatiga e'tibor qaratdi. Kompaniya uni 1,2 milliard dollarga xarid qildi va uning ishlariga aralashmaslikka va'da berdi.

2011 yil — 56200 nafar xodim

Amazon ofis, omborxona va data-markazlari 4 million kvadrat metrdan ortiq joyni egalladi.

2013 yil — 117300 nafar xodim

Amazon Hindiston bozoriga kirdi. Uning sayti barcha mahalliy qonunlarga mos keldi – unda faqat tashqi yetkazib beruvchilarning mahsulotlari sotiladi.

Foto: Stephen Maurice Graham

2014 yil — 154100 nafar xodim

Amazon buyurtmalarni bajarish markazlarida Kiva System kompaniyasi robotlari ishlashni boshladi. Kompaniya omborxonalar ishini avtomatlashtirishga intildi.

2015 yil — 230800 nafar xodim

Sietlda Amazon kompaniyasining ilk jismoniy do‘koni paydo bo‘ldi.

2017 yil — 566000 nafar xodim

Amazon 13 milliard dollarga Whole Foods kompaniyasini xarid qildi va mahsulotlar savdosi bozoriga kirdi.

2018 yil — 613300 nafar xodim

Amazon yangi bosh ofislarni qurish uchun Kristal-siti (Virjiniya shtati) va Nyu-Yorkni tanlaydi. Oxir-oqibat kompaniya Nyu-Yorkdan voz kechdi.  

Top