09:00 / 26.04.2019
12455
Reklama

Dream City: Boulevard majmuasining tijorat ko‘chmas mulk sotuvi boshlandi!

Toshkentning eng shov-shuvli bunyodkorligidan biri bo‘lmish Boulevard turar-joy majmuasi 25 apreldan boshlab tijorat ko‘chmas mulk sotuvi yo‘lga qo‘yilganini e'lon qiladi. DREAM CITY DEVELOPMENT tomonidan loyihalashtirilgan Boulevard TJM va shoping-avenyu xalqaro ishbilarmonlar markazi bo‘lgan TASHKENT CITY hududida joylashgan.

24 aprel kuni poytaxtdagi Seoul banket zalida Boulevard TJ shoping-avenyu taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda loyiha rahbarlari, investorlari, hamkor tashkilotlar vakillari so‘zga chiqishdi va beqiyos qurilishning asosiy jihatlari, afzalliklari, qulayliklari bilan tanishtirib o‘tishdi.

Bizga ma'lumki, TASHKENT CITY loyihasi mustaqil O‘zbekistonimiz tarixida ilk bor shahar ichidagi zamonaviy shahar loyihasi bo‘lib, u o‘zida dunyoning taniqli brendlaridan iborat bo‘lgan 5 yulduzli mehmonxonalar, osmono‘par binolarda-zamonaviy ofis va apartamentlar, ulkan savdo majmualari, ya'ni gipermarket, restoran va savdo do‘konlari, jahon standartlari maqomidagi ko‘p qavatli uylar va bog‘larni mujassamlashtirgan.

Ular orasida Boulevard majmuasining tijorat zonasi bir qator afzalliklarga ega, eng munosib savdo hududi hisoblanadi. Majmua hududida turli xil daraxtlardan tashqari ko‘pgina sayilgohlar, avtomobillar uchun turargohlar, zamonaviy art-obektlar va xushifor bog‘lar, har bir hovlida bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yin maydonlari joylashgan.

Tijorat maqsadlari uchun majmuaning umumiy maydonidan 21,5 ming kv. metr ajratilgan bo‘lib, bu yerda 150dan ortiq turli maishiy muassasalar qad rostlashi rejalashtirilgan: butiklar, restoranlar, qahvaxonalar, go‘zallik saloni, banklar, dorixona va do‘konlar, galereya, tibbiyot markazlari va boshqalar.

Shuningdek, xona shiftlari balandligi 5,20dan 7,2 metrgacha bo‘lib, shinam va keng makonda sermahsul savdoni yo‘lga qo‘yishga imkon beradi.

Endilikda sizda ham Boulevard shoping-avenyu hududidagi ko‘chmas mulkni harid qilish va o‘z biznes loyihangizni amalga oshirish imkoniyati mavjud. Majmua haqidagi batafsil ma'lumotlarni har kuni soat 9:00dan 19:00gacha Dream City ofisida olishingiz mumkin.

Manzil: Furqat ko‘chasi, “Tashkent City” XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydoni tomondan Alisher Navoiy ko‘chasigacha harakatlanish hududida

Ish vaqti: har kuni, 9:00 dan 19:00 gacha

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202 22 22

Sayt: www.dreamcity.uz

Telegram-kanal:t.me/dreamcityuz

Facebook: www.facebook.com/dreamcity.uz

Instagram: www.instagram.com/dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top