12:17 / 26.04.2019
97188
Reklama

Yangi Sergelida yangi hayot

Yangi Sergeli turar-joy majmuasidagi xonadonlar o‘z sohiblarini kutmoqda. Poytaxtdagi yetakchi ko‘chmas mulk agentliklaridan biri bo‘lgan R-max ushbu loyihaning ustun taraflari va u kimga ma'qul kelishi haqida so‘zlab beradi.

Sergeli tumani har qanday qurilish korxonasi uchun ahamiyatli joy hisoblanadi. Sergeli deyarli alohida yashaydigan shahar ichidagi butun shahardir. Sergeli o‘z markazi, mustaqil va eng muhimi rivojlangan infratuzilmasiga ega. Ushbu tumanda sodir bo‘layotgan barcha voqealar uning yuksalishiga yo‘naltirilgan, bu yerda yangi uylarning paydo bo‘lishi ham bunga dalolatdir.

Opisaniye: https://telegra.ph/file/a33b1fd65850c96d0d8fd.jpg

Uchta besh qavatli uylardan tashkil topgan Yangi Sergeli majmuasi yosh oilalar va  o‘z kasbiy faoliyatini boshlayotgan dadil insonlarga so‘zsiz ma'qul keladi. Yangi qurilgan majmua tumandagi eng a'lo manzilda joylashgan -   uning yaqinida sabzavot va avtomobil bozorlari, kafe va restoranlar, akvapark, shu bilan birga, maktabgacha ta'lim va umumiy ta'lim muasssalari mavjud.  Majmua kun-u tun qo‘riqlanadi, avtomobillar uchun to‘xtash joyi va bolalar maydonchasi ko‘zda tutilgan.

Xonadonlar maydoni 54 m2 dan 100 m2 gacha. Birinchi qavatdagi uylarning bir metr kvadrati  5 400 000 so‘m, so‘nggi qavatdagilarining bir metr kvadrati esa 4 900 000 so‘m narxida taklif etilmoqda. Bundan tashqari, majmuadan xonadon xarid qilinganda yoqimli bonuslar, masalan, 50% oldindan to‘lov amalga oshirilganda yarim yilga foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati taqdim etiladi. Shuningdek, boshqa shaharliklar poytaxt propiskasini ham olishlari mumkin.

R-max kompaniyasi Toshkent shahrida ko‘chmas mulk savdosi bilan faol shug‘ullanib keladi.   Orttirilgan uzoq yillik tajriba va O‘zbekistondagi qurilish kompaniyalari bilan yaqin hamkorlik tufayli, mazkur agentlik shaharning eng yaxshi turar-joy majmualaridan uy sotib olish uchun qulay sharoitlarni yaratishga muvaffaq bo‘lgan.

+998 71 200 00 18

Reklama huquqi asosida

Top