20:41 / 27.04.2019
5257

Bundesliga. 9 futbolchi bo‘lib qolgan «Borussiya» D autsayderga yutqazdi va boshqa natijalar

Germaniya chempionatida 31-turdan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi. 

«Borussiya» D o‘z maydonida autsayderlardan biri «Shalke»ni qabul qildi va kutilmaganda 2:4 hisobida yutqazdi. Qayd qilish joizki, mezbonlar 65-daqiqadan boshlab 2 futbolchi kam bo‘lib o‘ynadilar. 

«RB Leypsig» o‘z uyida «Frayburg»ni 2:1 hisobida yengdi. «Ayntraxt» va «Herta» o‘yinida hisob ochilmadi.

Bundesliga, 31-tur

27 aprel
Gannover – Mayns 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 66 Vaydandt. 

Borussiya D – Shalke 2:4 (1:2, 1:2)
Gollar: 1:0 – 14 Gyotse, 1:1 – 18, penalti Kalijuri, 1:2 – 28 Sane, 1:3 – 62 Kalijuri, 2:3 – 85 Vitsel, 2:4 – 86 Embolo. 
Chetlatishlar: Roys (60), Volf (65) – ikkalasi ham «Borussiya» D.

RB Leypsig – Frayburg 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 19 Verner, 1:1 – 66 Grifo, 2:1 – 78, penalti Forsberg. 

Fortuna – Verder 4:1 (2:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 1 Raman, 2:0 – 22 Karaman, 2:1 – 28, penalti Kruze, 3:1 – 56 Xennings, 4:1 – 73 Zuttner. 

Ayntraxt F – Herta 0:0 
Chetlatish: Klyunter (80, Herta).

21:30 Shtutgart – Borussiya M

28 aprel
Hoffenhaym – Volfsburg
Nyurnberg – Bavariya

26 aprel
Augsburg – Bayyer 1:4 (1:1, 0:3)
Gollar: 1:0 – 12 Danzo, 1:1 – 15 Folland, 1:2 – 48 Xaverts, 1:3 – 60 Ta, 1:4 – 88 Brandt.

Top