09:04 / 27.04.2019
14756

Saloh «Liverpul»da yangi rekord o‘rnatdi

Foto: Getty Images

Angliya Premer-ligasining 36-turida «Haddersfild Taun»ga qarshi kechgan o‘yin «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh uchun klub safidagi 100-o‘yin bo‘ldi.

Bu o‘yinda dubl qayd etgan misrlik futbolchi klub safidagi gollari sonini 69taga yetkazdi. Mersisaydliklar klubi tarixida 100 o‘yinda buncha ko‘p golni hech kim urmagan. 26 yoshli futbolchi klubning avvalgi rekordchilari — Rojyer Hant (68 gol) va Sem Reybouldni (68) ortda qoldirdi.

Bu o‘yindagi gollari evaziga Saloh 21 gol bilan APL to‘purarlari ro‘yxatida yetakchiga aylandi. Uning jamoadoshi Maneda 20, Serxio Aguero («Man Siti») va Per-Emerik Obameyangda («Arsenal») – 19tadan gol bor.

«Liverpul»ga Saloh 2017 yil yozida «Roma»dan 42 mln yevro evaziga transfer qilingandi. Saloh  joriy mavsumda «Liverpul»ning barcha turnirlar doirasidagi 48 o‘yinida 25 gol urdi va 13 golli uzatmaga mualliflik qildi.

Top