07:36 / 27.04.2019
43521

Shahram G‘iyosov ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (8-0, 6 KO) WBA International chempionlik kamari uchun ringga chiqdi.

Inglvud shahridagi Forum saroyida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Shahram G‘iyosov amerikalik sobiq chempionlik uchun da'vogar Emmanuel Teylor bilan jang qildi.

Foto: Star Boxing
Foto: Star Boxing

10 raundga mo‘ljallangan jang yakunida hakamlar g‘oliblikni Shahram G‘iyosovga berishdi (99-91, 99-91, 97-93).

Shu tariqa, Shahram G‘iyosov o‘zining ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Foto: Matchroom Boxing
Foto: Star Boxing

Bundan oldinroq mazkur boks oqshomida jang qilgan Murodjon Ahmadaliyev (6-0, 5 KO) nokaut evaziga g‘alaba qozonib, g‘alabali seriyasini davom ettirgani xabar qilingandi.

Top