21:39 / 27.04.2019
10593

Superliga. «Paxtakor» 2ta penalti va qizil karta berilgan o‘yinda «So‘g‘diyona»ni mag‘lub etdi

Superligada 6-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

«So‘g‘diyona» Jizzaxda «Paxtakor» bilan bellashdi va 1:2 hisobida yutqazdi. O‘yin juda asabiy va qo‘polliklarga boy tarzda o‘tdi. Bosh hakam Sherzod Qosimov «So‘g‘diyona» futbolchisiga qizil karta ko‘rsatdi, har ikkala jamoa darvozasiga esa penalti belgiladi. 

«Paxtakor» gollariga Cheran va Masharipov, «So‘g‘diyona» goliga Milinkovich mualliflik qildi.

Bu natijadan so‘ng, «Paxtakor» 16 ochko bilan 1-o‘rinda, «So‘g‘diyona» esa 6 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda. 

Superliga, 6-tur
27 aprel, Jizzax
So‘g‘diyona (Jizzax) – Paxtakor (Toshkent) 1:2

Gollar: Milinkovich (89 pen) – Cheran (73), Masharipov (82 pen)
So‘g‘diyona: Sh.Abdullayev, Qulmatov, Shoyqulov, E.Oripov, Maxaradze, Sanjar Rashidov, Norxonov, Boltaboyev, Nasriddinov, Milinkovich, Jo‘rabekov
Paxtakor: Quvvatov, Sayfiyev, Krimets (s), A'zamov, Alijonov, Hamrobekov, Sidiqov, Masharipov, Cheran, Hamdamov, Bikmayev
Hakamlar: Sh.Qosimov, O.Abduvasilov, S.Shoyusupov, F.Norsafarov.
Nazoratchi: R.Aytekov.

Top