16:06 / 28.04.2019
16094

Qatarda Ramazon oyi arafasida 500dan ortiq mahsulotning narxi arzonlashtirildi

Foto: mimgolo.pw

Qatar iqtisodiyot va sanoat vazirligi qo‘shni davlatlarning transport qamali bois mahsulot yetkazish borasidagi qiyinchiliklarga qaramasdan, muqaddas Ramazon oyi davomida arzonlashtirilgan narxlarda sotiladigan 500dan ortiq mahsulot ro‘yxatini e'lon qildi.  

"Ushbu tashabbus asosiy supermarketlar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi va Ramazon oyi oxirigacha davom etadi. Bu vazirlikning aholini odatda muqaddas oy vaqtida talab kuchayadigan mahsulotlar bilan ta'minlashda yordam berish haqidagi va'dasiga muvofiqdir. Magazinlar bilan birgalikda arzonlashtiriladigan mahsulotlar ro‘yxatini tuzdik", - deyiladi vazirlik xabarida.

Joriy yilda vazirlik ro‘yxatiga un, shakar, guruch, makaron, sut hamda bir qator nooziq-ovqat mahsulotlari kiritilgan.  

Barcha yirik savdo tarmoqlari narxi arzonlashtirilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini olgan. Vazirlik magazinlar mazkur topshiriqni qanday bajarayotganini bilish uchun tez-tez kutilmagan tekshiruvlar o‘tkazishini bildirgan. Bundan tashqari, hukumat aholidan Ramazon oyida narxlarni pasaytirmagan supermarketlar to‘g‘risida xabar berishini so‘ragan.

Top