18:49 / 28.04.2019
17122

Toshkent shahrining 4ta tumanida tabiiy gaz vaqtinchalik o‘chirilishi kutilmoqda

29 aprel kuni soat 10:00dan 19:00gacha Toshkent shahrining 4ta tumani hududida vaqtinchalikka tabiiy gaz o‘chiriladi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Mirobod, Chilonzor, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlaridagi gaz quvurlarida ta'mirlash-sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim aholi hududlari, ijtimoiy va maishiy-kommunal obektlarda gaz ta'minoti to‘xtatiladi.

Mirobod tumanida:

— Sayxun ko‘chasida;

— 8 mart ko‘chasida;

— Vodil ko‘chasida;

Chilonzor tumanida:

— «Central Kardio Servis» MChJda;

— Qozirobod ko‘chasida;

Yakkasaroy tumanida:

— «Navro‘z» restoranida;

— «ZIYoDA-NON» MChJda;

Yashnabod tumanida:

— To‘yona ko‘chasida;

— Boku ko‘chasida;

— Farg‘ona yo‘li ko‘chasida;

— Obod makon ko‘chasida;

— «Katta Qo‘yliq» mahallasida;

Toshkent shahri bo‘yicha gaz ta'minoti hududiy filiali vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘ragan.

Top