16:18 / 29.04.2019
6420
Avval va keyin: kundalik mahsulotlar hamda buyumlar qanday qilib chiqindiga aylanmoqda va sayyorani ifloslantirmoqda?

Dastlab reklama paydo bo‘ladi, unda turli buyum va mahsulotlar chiroyli, o‘ziga jalb etuvchi va judayam zarurdek bo‘lib ko‘rinadi. Undan keyin esa biz mazkur narsalarni sotib olamiz.

Muayyan vaqt davomida xaridimizdan zavqlanamiz. Biroq bularning bari o‘zining salbiy jihatlariga ega. Katta yoki u qadar ko‘p bo‘lmagan mablag‘ evaziga qo‘lga kiritilgan narsalarning bari ertami-kechmi chiqindiga aylanib, sayyoramizning ustiga ortiqcha yuk bo‘ladi yoki Tinch okeaniga borib tushadi. Slovakiyaning Ekoista ekoloyihasi ishtirokchilari o‘rmonlardan birini chiqindilardan tozalash vaqtida u yerda topilgan barcha narsalarni suratga olishdi va undan so‘ng «avval» va «keyin» uslubidagi tasvirlar to‘plamini yaratishdi. U har bir insonni aql bilan iste'mol qilish, chiqindilarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish va atrofimizdagi nozik olamga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish lozimligi haqida fikr yuritishga majbur qiladi.

Top