10:17 / 29.04.2019
6236

Tanishining 22 mln so‘m pulini ishlatib yuborgan shaxs ushlandi

2019 yil 23 aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi B.M. Farobiy ko‘chasida joylashgan “Chig‘atoy somsa” kafesi oldida tanishi, Uchtepa tumanida yashovchi A.S.ga 22 mln. so‘m pulini uning tanishi, Sergeli tumanida yashovchi K.N.ga olib borib berishini aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs undan pullarni olgan va  o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.M. ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Mavzuga oid
Top