20:33 / 29.04.2019
10080

Yevos’dan quvonchli yangilik: Andijonda yana bir filial ochildi

Foto: Yevos

Hozirda Yevos fast-fud tarmog‘i,  shubhasiz, o‘zining mazali taomlari va ishonchli xizmati bilan minglab mijozlarning sevimli brendiga aylangan savdo belgisidir. Hech kimga sir emas,  Yevos’ning qaysi filialiga bormaylik, u yerda hamisha uzun navbatga ko‘zimiz tushadi. Bu esa kompaniyaning muvaffaqiyatli faoliyatini ta'minlaydi va Respublika bo‘ylab yanada ko‘plab filiallar ochilishiga turtki bo‘ladi. 

2019 yil 26 aprel kuni Andijon viloyatida Evos'ning yangi filialini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Kompaniya mehmonlar uchun kutilmagan bayram dasturidan iborat ajoyib kunni hadya etdi. 

Barchani Evos nomi yozilgan burchak e'tiborini tortdi va aynan shu yerda maxsus ko‘ngilochar dastur tashkil etildi. Mehmonlar uchun ajoyib, sovg‘alarga boy aksiya va tanlovlar o‘tkazildi. Eng omadli ishtirokchiga eng asosiy sovrin — televizor topshirildi. 

Barchaga ma'lum va mashhur televideniye yulduzi Dilshod Mirzamurodov mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashgan holda dasturni olib bordi. Shuningdek, tadbirda bahaybat qo‘g‘irchoqlar, ayiqchalarning chiqishi, sovun ko‘piklari hamda kimyogarlar namoyishi bolalarga olam-olam quvonch bag‘ishladi.  

Mazali tezpishar taomlarga bo‘lgan katta talab tufayli  Evos nafaqat Toshkent shahrida, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab restoranlar sonini oshirishni rejalashtirgan. Sababi, doimiy mijozlar yurtimizning boshqa burchaklarida ham Evos’ning tamaddixonalarini ko‘rishni istashadi. Biz o‘z mavqeimizni saqlagan holda yuqori sifat va lazzatli ta'mni ulashishga, shu bilan birga tarmog‘imizni yanada kengaytirishga harakat qilamiz.  

Andijon viloyatida ochilgan Evos filiali - to‘yimli, mazali, sifatli, hamyonbop taomlar, desert va ichimliklar bilan hordiq chiqarishga mo‘ljallangan maskan. Zamonaviy dizaynga ega shinamgina kafe har qanday mijozni ko‘nglidan joy olishi aniq. 

Evos barchani mazali fastfudlardan bahramand bo‘lishga chorlaydi.

Manzil: Andijon shahri, Cho‘lpon ko‘chasi, 10 uy
Mo‘ljal: “O‘zbegim” savdo markazi

Murojaat uchun telefon: +998 91 612 73 70

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top