20:51 / 29.04.2019
18968

Yonib kul bo‘lgan Ferrari’ga onlayn-auksionda xaridor topildi

Foto: motor.ru

Sug‘urta kompaniyalariga auksion xizmatlar ko‘rsatuvchi Copart onlayn-auksionida 1999 yilda ishlab chiqarilgan, butkul yonib ketgan Ferrari F355 Spider mashinasi sotuvga qo‘yildi. E'tiborlisi, yonib kul bo‘lgan karkasidan bo‘lak hech narsasi qolmagan avtomobilga xaridor topilgan. “Mashina” qanchaga sotilgani ma'lum qilinmagan. 

Lotda avtomobil avval 380 ot kuchiga ega V8 dvigateli bilan jihozlangani aytilgan. 

Foto: motor.ru

Avvalroq Copart’da yo‘l-transport hodisasiga uchragan Lamborghini Urus sotilishi haqida e'lon berilgan. Old qismi yo‘q bo‘lib ketgan krossover 115 ming dollarga baholangan, vaholanki bunday yangi mashina 200 ming dollarga yaqin turadi.

Mavzuga oid
Top