14:29 / 30.04.2019
16281

Hindistonda timsoh cho‘ponni o‘ldirdi

Hindistonning Karnataka shtatida timsoh mahalliy aholi vakillaridan biriga hujum qildi va uni o‘ldirdi. Bu haqda The Hindu nashri xabar bermoqda.

28 aprel kuni 58 yoshli, Basavalingappa ismli cho‘pon Gudur qishlog‘i yaqinidan oqib o‘tuvchi Bhima daryosidan suv ichmoqchi bo‘lgan. Xuddi shu paytda poylab turgan timsoh unga tashlangan va cho‘ponning chap qo‘li hamda o‘ng oyog‘ini uzib olgan. Basavalingappa ko‘p qon yo‘qotishdan jon bergan.

Marhumning qishloqdoshlari ma'lum qilishicha, daryo deyarli butunlay qurib qolgan va timsohlar yegulik izlab qirg‘oqqa juda yaqin kelishmoqda, hatto quruqlikka ham chiqib ov qilishmoqda. 

Mahalliy aholi o‘rmon xo‘jaligi departamentidan zarur choralar ko‘rishni va cho‘ponning oilasiga kompensatsiya to‘lashni talab qilishyapti.

Top