11:31 / 30.04.2019
16120

Moskva aeroportida samolyotdagi bomba haqida berilgan xabar tufayli Toshkentga reys kechiktirildi

Foto: RIA Novosti

Moskva oblastidagi «Vnukovo» aeroportida samolyot bagajidagi bomba haqida anonim qo‘ng‘iroq tufayli AZUR air aviakompaniyasining ikkita reysi kechiktirildi. «Komsomolskaya pravda» nashri xabariga ko‘ra, Meksikadagi kurort shahar Kankun va O‘zbekiston poytaxti Toshkentga reyslar kechiktirilgan.

Xabarga ko‘ra, seshanba, 30 aprelga o‘tar tunda noma'lum shaxs aeroportga qo‘ng‘iroq qilgan va samolyot bagajida portlovchi qurilma yashirilgani haqida xabar bergan. 

«Vnukovo» xodimlari zudlik bilan politsiya xodimlari, portlatish bo‘yicha texniklar va maxsus o‘qitilgan itlarga ega kinologlarni chaqirtirishdi. Shundan so‘ng barcha yuklar qayta tekshirilgan, mutaxassislar portlovchi moddalarni qidirgan.

Top