11:47 / 30.04.2019
10088

Neymar Braziliya terma jamoasidan chetlatilishi mumkin

«PSJ» hujumchisi Neymar Fransiya kubogi finalida «Renn»ga qarshi kechgan o‘yindan keyingi harakatlari uchun Braziliya milliy jamoasidan chetlatilishi mumkin. U yakshanba kuni Parijdagi «Stad de Frans» stadionida o‘zini tanqid qilgan muxlislardan biriga musht tushirgandi.

Super.FC xabariga ko‘ra, uning o‘zini bunday noprofessional tarzda tutishi Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Titega ma'qul kelmasligi mumkin. Ushbu mutaxassis avvalroq muxlislardan biriga qarata tuflagani uchun «Yuventus» vingeri Duglas Kostani milliy jamoaga chaqirmay qo‘ygan edi.

Qolaversa, Neymar «pentakampeonlar» sardorlik bog‘ichidan mahrum bo‘lishi ham taxmin qilinmoqda.

Ertaga, 1 may kuni Fransiya professional futbol ligasi Intizom qo‘mitasi mazkur holat bo‘yicha qaror chiqaradi. Neymar 8 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neymar Braziliyada soliq idoralari bilan muammosi borligi, shu bois samolyoti va vertolyotidan ayrilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Top