16:59 / 30.04.2019
3382

O‘zbekiston hukumati vaksinalar xavfsizligini ta'minlamoqda

29 aprel 2019 yilda YUNISEF va Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent viloyati uchun eng zamonaviy sovutgichlar bilan jihozlangan vaksinalar omborxonasini ishga tushirdi. Mazkur inshoot O‘zbekiston bolalari salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yangi vaksinalar omborxonasi bir yoshgacha bo‘lgan 64 400 bolani emlashga yetarli bo‘lgan 31000 litr, ya'ni 440 kub metr hajmdagi vaksinalarni saqlash imkonini beradi. Ichida yurish mumkin bo‘lgan ikkita sovutgich kameralarida vaksinalarni sifatli saqlash uchun zarur bo‘lgan Tselsiy bo‘yicha 2-8 daraja iliq harorat doimiy ravishda ushlab turiladi. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning son oshganini inobatga olgan holda yangi omborxona hajmi avvalgisiga nisbatan ikki barobar oshirildi.

Shuningdek, YUNISEF tashkiloti tegishli xodimlarning malakasini oshirish, vaksinalar omborxonasini boshqarish uchun zarur yo‘riqnomalarni taqdim etish, vaksinalarni tashish uchun sovutgichli avtomobillarni va sumkalarni yetkazib berishda ham ko‘maklashmoqda.

“Gap vaksinalarning xavfsizligi to‘g‘risida ketar ekan, ularni yetkazib berishni va logistikani boshqarish juda muhim rol o‘ynaydi. Mazkur sovuqlik omborining kelgusida uzluksiz ishlashi malakali xodimlar va hukumatning ushbu tizimni boshqarish va uning ishlashini ta'minlash uchun zarur sarmoyalar kiritish borasidagi majburiyatiga bog‘liq bo‘ladi”, - dedi YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann.

YUNISEF butun O‘zbekiston bo‘ylab 21 ta sovuqlik omborlarini qurish va rekonstruksiya qilishda Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘mak bermoqda. Mazkur inshootlar Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda eng yaxshi vaksinalar omborxonalari bo‘ladi.

Top