15:58 / 30.04.2019
4683

O‘zbekiston terma jamoasi velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida 7 medalni qo‘lga kiritdi

23-28 aprel kunlari dunyo bo‘ylab velosport ixlosmandlari qit'amizning eng nufuzli turnirlaridan biri bo‘lgan veloshosse bo‘yicha 39-Osiyo chempionatini kuzatib kelishdi. O‘zbekiston ilk bor shunday katta musobaqaga mezbonlik qildi. 

Chempionat natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi jami 7 ta medalni – 2 oltin, 2 kumush va 3 bronzani qo‘lga kiritdi. Olga Zabelinskaya Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga litsenziyaga ega bo‘lib, u yerda mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

Chempionat «Eurosport» efirida namoyish etildi.  O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ko‘magida havo orqali videotasvirga olish ishlari amalga oshirildi. 

Mavzuga oid
Top