8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

16:26 / 30.04.2019 39243

O‘zbekistondagi birinchi pullik yo‘l qurilishi qachondan boshlanishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Fotolia

2019 yilning IV choragida mamlakatdagi birinchi pullik yo‘l qurilishini boshlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytiladi.

Hujjatga ko‘ra,  Cengiz Enerji Sanayii ve Ticaret A.S., «Kalyon», «Kolin» (Turkiya) kompaniyalari konsorsiumi bilan Toshkent - Samarqand pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi amalga oshiriladi.

U Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hududidan o‘tadi. Loyiha qiymati hozirda aniqlanmoqda.

Bunda 2019 yil 2-chorakda xalqaro moliya institutlari bilan konsalting xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha bitim tuzish, 2019 yil may oyida - avtomobil yo‘li marshrutini o‘rganish va dastlabki hisob-kitoblarni ishlab chiqish, 2019 yil iyunda - DXSh bitimi shartlari bo‘yicha muzokaralar olib borish, 2019 yil iyulda - bitimni imzolash rejalashtirilgan.

2019 yil 4-chorakda qurilishni boshlash va 2021 yil 4-chorakda foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.

Bundan oldin, Toshkent - Andijon pullik avtomobil yo‘li qurilishi xabar berilgandi.

Top