08:19 / 30.04.2019
5823

O‘zbekistonning Shanxay shahridagi bosh konsuli tayinlandi 

Foto: Getty Images

O‘zbekistonning Shanxay shahridagi bosh konsuli tayinlandi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining yangi tayinlangan bosh konsuli Aziz Masutov Toshkent shahridan Xitoyning Shanxay shahriga jo‘nab ketgan. 

Aziz Masutov ilgari TIVning Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniya mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid
Top