12:24 / 30.04.2019
11030

«Paxtakor»ning «Persepolis»ga qarshi o‘yini vaqti o‘zgardi

Foto: Xinhua/Ahmad Halabisaz

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» - «Persepolis» o‘yini vaqti o‘zgartirildi, deb xabar beradi Toshkent klubining matbuot xizmati.

6 may kuni o‘tkaziladigan bellashuv soat 20:00da boshlanishi belgilangan edi. Endi esa u 18:00ga ko‘chirilgan.

«Paxtakor» klubi matbuot xizmati bu o‘zgarishga «o‘yinga ko‘proq muxlislar kelishi, yosh ishqibozlarga o‘yindan so‘ng qaytishlarida qulayroq bo‘lishini» sabab qilib keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor» OChL guruhida 4 tur natijalariga ko‘ra, 5 ochko bilan 3-o‘rinda, «Persepolis» esa 4 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda. 

Top