00:41 / 30.04.2019
8926

Shri-Lanka politsiyasi teraktlardan 12 kun avval ogohlantirilgan – OAV

Foto: AP

Shri-Lanka razvedka xodimlari politsiyani mamlakatda tayyorlanayotgan teraktlardan ular sodir etilishidan 12 kun avval ogohlantirgan. Biroq politsiya bu ma'lumotlarni e'tiborsiz qoldirgan. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi. 

Jumladan, razvedka rahbarining politsiya boshlig‘iga maxfiy maktubida jangarilarning cherkovlarga hujumni rejalashtirayotgani, bunda xudkushlar, o‘qotar qurol, yuk mashinalari va pichoqlar qo‘llanishi mumkinligi ma'lum qilingan. Maktubda “Jamoat at-Tavhid al-Vataniya” guruhi a'zosi Zahran Hoshimiy va uning tarafdorlari yaqin orada terrorchi-xudkushlar hujumini uyushtirmoqchiligi ta'kidlab o‘tilgan. Biroq bu maktubga javoban hech qanday choralar ko‘rilmagan.

21 aprelda Shri-Lankada amalga oshirilgan bir qator portlashlarda 253 kishi halok bo‘ldi, 520 dan ko‘proq odam jarohat oldi.

Mavzu
Shri-Lankadagi fojia
21 aprel kuni Shri-Lankada davomli teraktlar ro‘y berdi va kamida 320 kishi halok bo‘ldi
Barchasi
Top