8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

11:37 / 01.05.2019 130934

1 maydan qanday o‘zgarishlar yuz berdi?

Foto: Norma.uz

2019 yil 1 maydan kuchga kirgan asosiy huquqiy yangiliklar to‘plami Norma tomonidan taqdim etildi.

Bolalar bog‘chalarida bolalar uchun to‘lov oshirildi 

Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to‘lovining miqdorlari oshirildi. Ilgarigidek, bolalar bog‘chasi joylashgan joy va uning ish rejimi summaga ta'sir ko‘rsatadi.

Qizilmiya yetishtiruvchilar plantatsiyalarni tashkil etishlari shart

Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi a'zolariga qo‘shimcha talablar amal qila boshladi. Xususan, Uyushma a'zolari – qizilmiya ekstrakti ishlab chiqaruvchilari 2024 yil 1 yanvargacha har yili 100 gektardan kam bo‘lmagan maydonda qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etishlari shart. 

Qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar ham nazarda tutilgan:

• Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya qilish forumining (IAF) to‘laqonli a'zolari hisoblangan mamlakatlarning sertifikatlash organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari yoki sinovlar protokollari taqdim etilganda o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari, plantatsiyalar tashkil etish hamda qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklardan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun Uyushma a'zolari tomonidan olib kelinadigan tovarlarni sertifikatlash talab etilmaydi;

• joriy yilning 1 aprelidan 30 dekabrigacha bo‘lgan davrda Fanlar akademiyasining ijobiy xulosasini inobatga olgan holda Uyushma buyurtmanomasiga ko‘ra Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan qizilmiyadan foydalanish uchun qo‘shimcha kvotalar ajratiladi.

Xotin-qizlar cheklovlarsiz ishlashlari mumkin

Xotin-qizlarning mehnat huquqlari va tadbirkorlik faoliyatiga oid masalalarda yangi qoidalar:

birinchidan, ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qo‘llash bo‘yicha taqiqlar bekor qilindi (MKning 225-moddasi). Uning o‘rniga ayollar sog‘lig‘iga salbiy ta'sir etishi mumkin bo‘lgan soha va kasblar tavsiyaviy ro‘yxati tasdiqlandi;

ikkinchidan, agar otasi bola parvarishlash ta'tilining kamida 3 oyidan foydalansa, ota yoki onadan biriga Mehnat kodeksining 234-moddasida belgilangan tartibda qo‘shimcha 1 oy nafaqa to‘lanadigan bola parvarishlash ta'tili beriladi;

uchinchidan, 2 yoshga to‘lmagan farzandini tarbiyalovchi ota-onalardan biriga ularning ish paytidagi dam olish va ovqatlanish, bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar hisobidan ish beruvchi bilan kelishgan holda kun davomida foydalaniladigan tanaffus vaqtini belgilash huquqi beriladi;

to‘rtinchidan, ayollarning pensiya yoshiga to‘lganligi (MKning 100-moddasi 7-bandi) yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to‘lgunga qadar, shuningdek muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanadi;

beshinchidan, erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bog‘liq ishlarning sudlarda ko‘rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga ko‘ra davlat hisobidan qoplanadi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligida va «mahallalarda» ish haqi oshirildi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda YaTS bo‘yicha tasdiqlangan tarif koeffitsiyenti 1,4 baravarga, hududiy bo‘linmalarda 1,2 baravarga oshirildi.

Fuqarolar yig‘inlari raislari va mas'ul kotiblarining oylik mehnatga haq to‘lash fondi 1 maydan 1,25 baravarga oshirildi (ikkinchi indeksatsiya 1 oktyabrda amalga oshiriladi – 1,2 baravarga).

O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni e'tirof etish bo‘yicha aksiya tugadi

O‘tgan yildan jismoniy shaxslarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi o‘tkazila boshladi. Bunda bir qator shartlar amal qildi, ushbu tadbir muddati 1 mayda tugadi.

Sud boshqaruvchilari yangicha tartibda tayinlanadi 

Sud boshqaruvchilarining ishi takomillashtirilmoqda:

birinchidan, soliq organining arizalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan bankrotlikning soddalashtirilgan taomillarini o‘tkazishda sud boshqaruvchisi soliq organi xodimlari orasidan tayinlanmaydi;

ikkinchidan, soliq organining arizalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan bankrotlikning soddalashtirilgan taomillarini o‘tkazishda:

• to‘rtinchi toifali sud boshqaruvchisi attestatiga ega bo‘lgan va O‘zbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi (bundan keyin – Assotsiatsiya) a'zolari hisoblangan shaxslar sud boshqaruvchisi etib tayinlanadi;

• har bir yakunlangan tugatishga doir ish bo‘yicha Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan sud boshqaruvchilariga EKIHning 20 baravari miqdorida haq to‘lanadi;

• soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni uzishda to‘langan qarz summasining 5%i miqdorida sud boshqaruvchilariga qo‘shimcha haq to‘lanadi;

uchinchidan, sud boshqaruvchilarining faoliyati «fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish» ixtisoslashuvi bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan va sud boshqaruvchisi attestatini olgan advokatlar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin;

to‘rtinchidan, sud boshqaruvchilarini tayinlash kreditor (kreditorlarning umumiy yig‘ilishi yoki qo‘mitasi) yoki bankrotlik ishlari bo‘yicha vakolatli davlat organi yoxud Assotsiatsiya va uning hududiy tuzilmalari taqdimnomasi bo‘yicha ular faoliyatini reyting baholashni hisobga olgan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.

Yog‘och import qiluvchilar uchun imtiyoz bekor qilindi

Yog‘och-payraha plitalar va yog‘ochdan yasalgan shunga o‘xshash plitalar yoki qatron yoki boshqa organik bog‘lovchi moddalar shimdirilgan yoki shimdirilmagan boshqa yog‘ochsimon materiallarni (TIF TN kodi 4410, 4410 11 300 0 dan tashqari) chetdan keltirishda yuridik shaxslarni import bojxona boji va QQS to‘lashdan ozod qilish tarzidagi 2003 yildan buyon amal qilib kelgan imtiyoz bekor qilindi.

Charm va mo‘yna xomashyosini olib chiqish – monitoring ostida

Mamlakat bojxona chegarasi orqali charm va mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi joriy etildi.

Top