8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

23:26 / 01.05.2019 4044

2018 yilda dunyo bo‘yicha umumiy harbiy xarajatlar 1,8 trillion dollarni tashkil qildi 

Foto: Depositphotos

2018 yilda dunyo bo‘yicha umumiy harbiy xarajatlar 1,8 trillion dollarni tashkil qildi. Bu esa 2017 yildagiga nisbatan 2,5 foiz ko‘proq bo‘lgan. Bu haqda dunyo muammolarini o‘rganuvchi Stokholm xalqaro instituti dokladida aytilgan.  

Ushbu xarajatlar butun dunyodagi gumanitar ehtiyojlarni ta'minlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘dan 80 marta ko‘proqni tashkil qiladi.

Harbiy xarajatlari eng katta bo‘lgan davlatlar beshtaligiga AQSh, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Hindiston va Fransiya kirgan. Ular ulushiga harbiy maqsadlarda qo‘llangan barcha mablag‘larning 60 foizi to‘g‘ri keladi.

Vashingtonning qurollanishga budjet ajratmalari 2010 yildan beri ilk bor ko‘paygan. 2018 yilda bu mablag‘lar 4,6 foizga oshib, 649 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu qiymat ushbu ro‘yxatda AQShdan keluvchi 8 ta davlatning umumiy harbiy xarajatlariga teng. 

Harbiy xarajatlari hajmi eng katta bo‘lgan davlatlar reytingida Rossiya 6-o‘rinni egallagan. 2017 yilga nisbatan Rossiyaning harbiy xarajatlari 2018 yilda 3,5 foizga qisqargan va 61,4 mlrd dollarni tashkil qilgan.  

Mutaxassislar Bolgariya, Latviya, Litva, Ruminiya, Polsha va Ukrainada harbiy xarajatlar ko‘payganini qayd qilib o‘tishgan. Ular bu tendensiyani “Rossiya tomonidan xavflar borasidagi xavotirlar oshayotgani” bilan bog‘lashgan. 

2018 yilda dunyo bo‘yicha harbiy xarajatlar Berlin devori qulagan vaqtdan beri eng yuqori darajaga yetgan. Ayni vaqtda qurollanishga sarflanayotgan dunyo bo‘yicha umumiy mablag‘ dunyo yalpi ichki mahsulotining 2 foizini tashkil qiladi. Bu esa umumiy harbiy xarajatlar hajmi dunyo aholisining har bir vakiliga 239 dollardan to‘g‘ri kelishini anglatadi.  

Top