19:31 / 01.05.2019
11199

AQSh qit'alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazdi

Foto: REUTERS/Kyla Gifford/U.S. Air Force Photo

AQSh Minuteman III qit'alararo ballistik raketasi sinovini o‘tkazdi, deb xabar berdi AQSh HHK global zarba qo‘mondonligi.

Xabarda aytilishicha, raketaning kallak qismi 4,2 ming mil (6,75 ming km atrofida) masofani bosib o‘tgan va Tinch okeanidagi Kvajaleyn (Marshall orollari) atollidagi nishonni urgan. 

"Bu sinov dunyodagi biror voqea yoki hududi  qarama-qarshilikka javob reaksiyasi emas", - deyiladi global zarba qo‘mondonligi matbuot xizmati tomonidan.

Minuteman III raketalari ma'lumot yig‘ish qurilmalari bilan jihozlangan. Bundan tashqari, ular maxsus qurilma bilan jihozlangan bo‘lib, kutilmagan holat yuz berganida raketaga o‘zini-o‘zi yo‘q qilish to‘g‘risidagi buyruq yuboriladi. 

Top