16:18 / 01.05.2019
7145

Hindistonda politsiya mashinasi portlashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Foto: League of India

Hindistonning Maxarashtra shtatida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 15 nafar harbiy politsiyachi halok bo‘ldi, deb xabar berdi NDTV telekanali.

Xabar qilinishicha, voqea Gadchiroli okrugida yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar politsiya maishinasiga o‘rnatilgan portlovchi qurilmani harakatga keltirishgan. Reyter agentligi o‘z manbalariga tayanib 16 kishi halok bo‘lganini xabar qilmoqda.

Telekanalning ma'lum qilishicha, bu okrugda avvalroq jangarilar bir nechta avtomobilga o‘t qo‘yishgan.

Hindistonning Bixar, Chxattisgarx, Jarkxand, Orissa va boshqa shtatlarida jangari-maochilar harakat qilishadi. Ular partizan urushi olib borib, hukumat vakillariga muntazam ravishda hujum qilib turishadi.

Top