21:13 / 01.05.2019
5552

O‘zbekiston va Koreya bosh prokurorlari o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori Koreya Respublikasi bosh prokurori Mun Mu-il boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida mehmonlarga prokuratura organlarida bo‘layotgan asosiy yangilanish jarayoni haqida ma'lumot berildi.

Xabarda aytilishicha, uchrashuvda tomonlar o‘zaro manfaatli bo‘lgan keng qamrovli masalalarni muhokama qildilar va idoralararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar.

“Uchrashuv yakunida janob Mun O‘zbekiston bosh prokuroriga samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, o‘zaro manfaatli idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirdi”, deyiladi xabarda.

Top