11:31 / 01.05.2019
11173

Toshkent aeroporti modernizatsiyasi 470 mln dollarga baholandi

Toshkent xalqaro aeroportini modernizatsiya qilishni boshlash 2020 yil may oyiga rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytiladi.

2019 yil may oyida Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan konsultatsiya xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha bitim tuzish mo‘ljallanmoqda. Loyiha qiymati - 470 mln AQSh dollari.

2019 yil 3-chorakda DXSh loyihasi bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash, 2019 yil sentyabrida - tender takliflari so‘rovini e'lon qilish, 2019 yil dekabrida - tender takliflarini tayyorlash va topshirish, 2020 yil yanvarida - tender takliflarini baholash, 2020 yil fevralida - tender g‘olibini e'lon qilish rejalashtirilgan.

Bitimni imzolash jarayoni esa 2020 yil mart oyida bo‘lib o‘tadi.

Bundan oldin, O‘zbekistondagi birinchi pullik yo‘l qurilishi qachondan boshlanishi ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top