8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

08:21 / 01.05.2019 7743

Tsukerberg Facebook’ning yangi dizaynini namoyish qildi

Foto: AFP/Getty Images

Facebook kompaniyasi dasturchilar uchun mo‘ljallangan F8 anjumanida ijtimoiy tarmog‘ining yangi dizaynini namoyish qildi. Yangi dizayn FB5 deb nomlangan. Kompaniya rahbari Mark Tsukerbergning ta'kidlashicha, bo‘lg‘usi o‘zgarishlarda foydalanuvchilar daxlsizligi muhim rol o‘ynaydi.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqning yangi dizaynida guruhlarga urg‘u berilgan. Ular sahifa markaziga joylashtiriladi. Foydalanuvchilarga izlash qulayroq bo‘lishi uchun yaxshilangan tavsiyalar tizimi taklif qilinadi.   

Foto: newsroom.fb.com
Foto: newsroom.fb.com

Yangi dizaynda avvalgi dizaynda ustunlik qilgan ko‘k rangdan deyarli to‘liq voz kechish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, sayt “qalpog‘i” yo‘qoladi, dizayn ochroq ranglarda bajariladi.

Facebook asoschisi Mark Tsukerbergning aytishicha, dasturning nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki funksiyalari ham o‘zgaradi. “Umuman, biz sizga izlashingiz va siz ko‘proq ishlatadigan funksiyalarni qo‘llashingiz qulayroq bo‘ladigan o‘zgartirishlar qildik”, deb ta'kidlab o‘tgan Tsukerberg.

Ta'kidlanishicha, dasturning yangi versiyasi yaqin oylarda iOS va Android operatsion tizimlari uchun paydo bo‘ladi. Shuningdek, kompaniyaning boshqa dasturlari – WhatsApp, Instagram va Messenger ham o‘zgarishlarga uchraydi.

Top