07:49 / 01.05.2019
13147

XTV avtobus avariyasi haqida: safarning tashkil etilish jarayoni o‘rganilmoqda

Foto: KUN.UZ

Xalq ta'limi vazirligi O‘rta Chirchiqda ichida o‘quvchilar bo‘lgan avtobusning YTHga uchrab, yonib ketishi bo‘yicha bayonot berdi.

2019 yil 29 aprel kuni soat 02:00larda O‘rtachirchiq tumani hududida Buxoro shahridan Parkent tumaniga qaytayotgan Mercedes-Benz rusumli yo‘lovchi avtobusi halokatga uchradi. Yo‘lovchilar avtobusdan zudlik bilan evakuatsiya qilingan.

Halokat paytida avtobus salonida 56 nafar kishi bo‘lgan. Jumladan, yo‘lovchilar orasida Toshkent viloyatidan maktab o‘quvchilari bor edi.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida yetti kishi turli darajadagi jarohatlar olgan. Ularga halokat joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati bolalarni Buxoroga uyushtirilgan safarining tashkil etilish jarayoni bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda, deyiladi xabarda.

Top