02:03 / 01.05.2019
24362

YeChL. "Ayaks" safarda "Tottenhem"ni mag‘lub etdi

Foto: Twitter/ChampionsLeague

Chempionlar ligasi yarimfinali doirasidagi uchrashuvlar start oldi. 

"Tottenhem" o‘z maydonida "Ayaks"ni qabul qilib, 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. 
O‘yindagi yagona gol 15-daqiqada van de Bek tomonidan kiritildi. 

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 9 may kuni o‘tkaziladi. 

Chempionlar ligasi. Yarimfinal
Ilk uchrashuv

Tottenhem – Ayaks

Gol: 0:1 – 15 van de Bek.
Tottenhem – Loris, Sanches, Alderveyreld, Rouz (Devis, 79), Vertongen (Sissoko, 39), Lukas Moura, Eriksen, Alli, Vanyama, Tripper (Foyt, 80), Lorente.
Ayaks – Onana, de Ligt, Talyafiko, Veltman, Blind, van de Bek, Ziyesh (Xuntelar, 87), Tadich, Shene (Mazraui, 65), Neres, de Yong.
Ogohlantirishlar: Talyafiko (30), Veltman (63).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top