09:31 / 02.05.2019
14577

AQShda 47 yil avvalgi qotillikni sodir etgan jinoyatchi hibsga olindi 

Foto: News & Observer

AQShning Florida shtatida 1972 yilda ayolni o‘ldirishda gumon qilingan shaxs hibsga olindi. Qotilni topishga DNKni tahlil qilishning zamonaviy texnologiyalari imkon bergan. 

Qotillik 47 yil avval Shimoliy Karolina shtatida sodir etilgan. 33 yoshli Bonni Neybors ismli ayol qo‘lida go‘dagi bilan o‘g‘lini maktabdan olish uchun ketayotganda yo‘qolib qolgan. Ayol uzoq qidirilgan va Benson shahri yaqinidagi muhojirlar uchun uyda o‘lik holda topilgan. Uning farzandi yonida tirik holda bo‘lgan. 

2007 yilda qotillikning tergov qilinishi tiklangan, biroq gumonlanuvchini 2019 yil 29 apreldagina hibsga olishga muvaffaq bo‘lindi. U 65 yoshli Larri Jo Skott ismli erkak bo‘lib chiqqan.

Erkakka odam o‘g‘irlash va qotillik ayblovi qo‘yilgan, u Shimoliy Karolinaga ekstraditsiya qilinadi. Hozircha jinoyatchini qotillikni sodir etishga undagan sabab, qurbon bilan qotil tanish bo‘lgani-yo‘qligi noma'lum. 

Top