18:17 / 02.05.2019
25639

Messi – Ronaldu 8:0

Foto: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Chempionlar Ligasi yarimfinalidan o‘rin olgan «Liverpul»ga (3:0) qarshi dastlabki o‘yinda jarima zarbasidan darvozani ishg‘ol qildi.

Opta xabariga ko‘ra, bu argentinalik to‘purarning mavsum davomida jarima zarbasidan urgan sakkizinchi golidir (56ta zarbadan).

Taqqoslaydigan bo‘lsak, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 24 marta jarima zarbasini amalga oshirib, birorta gol urolmagan.

Bu mavsumda Messi «Barselona» tarkibida barcha musobaqalarda 46ta o‘yinda maydonga tushib, 48ta gol urgan va 22ta golga hammualliflik qilgan.

Mavzuga oid
Top