16:40 / 02.05.2019
9237
Navoiydagi o‘zaro janjalda bir kishi halok bo‘ldi

2019 yil 28 aprel kuni Navoiy shahar Agronomlar ko‘chasida yashovchi Sh.O. mast holda, Tolstoy ko‘chasida yashagan V.V.ning uyida o‘zaro janjal tufayli uni pichoq va qo‘li bilan urib jarohatlagan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada V.V. voqea joyida vafot etgan. Sh.O. qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Top