19:16 / 02.05.2019
29045

IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida rahbarlik lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, podpolkovnik Timur Kamalatdinovich Ismailov O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Ismailov Timur Kamalatdinovich

Shuningdek, polkovnik Baxtiyor Ruzmetboyevich Rajapov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan.

Rajapov Baxtiyor Ruzmetboyevich

Biroz avvalroq, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasiga polkovnik Zafar Alimov yangi boshliq tayinlangani xabar qilingandi.

Top