12:20 / 02.05.2019
54759

Semizlikdan qutqaruvchi mahsulot ma'lum qilindi

Foto: Global Look Press/West Coast Surfer

Yaponiyalik olimlar guruch iste'mol qilish va semirish xavfining kamayishi o‘rtasida bog‘liqlikni topishdi, deya xabar beradi RT.

136 mamlakatdagi ovqatlanish ratsioni tahlil qilingach, odamlar kuniga 150 gramm guruch iste'mol qilgan joylarda semizlik darajasi sezilarli darajada pastroq ekani aniqlandi.

Foto: Getty Images/Carlina Teteris

Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, har bir kishi guruchning kunlik iste'molini 50 grammga oshirishi yetarli bo‘ladi, shunda butun dunyo bo‘ylab semizlikdan aziyat chekuvchi odamlar soni 1 foizga pasayadi.

Shuningdek, olimlar ma'lumotiga ko‘ra, guruch iste'mol qilish nafaqat ortiqcha vazndan qutulish, balki xolesterin darajasini kamaytirish hamda o‘ta xavfli kasalliklar paydo bo‘lishi xavfini qisqartirish imkonini beradi.

Top