8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

08:03 / 02.05.2019 24738

Tojikiston Iroqdan 84 nafar bolani olib keldi 

Foto: Asia-Plus

30 aprelga o‘tar kechasi 84 nafar bola Iroqdan Dushanbega olib kelindi, deb xabar bermoqda Asia-plus.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi axborot departamenti xabariga ko‘ra, ular Iroqdagi lagerlar yoki qamoqxonalarda bo‘lgan, ekstremistik guruhlarning tojik jangarilari farzandlaridir.

Foto: Asia-Plus

Bolalarni Iroqning FlyErbil aviakompaniyasi samolyoti yordamida olib kelishdi. Ulardan ba'zilari o‘z vaqtida ota-onalari tomonidan Iroqqa olib chiqib ketilgan, boshqalari esa o‘sha yerda tug‘ilgan. Aksariyatining otasi o‘ldirilgan, onasi esa terrorchilarga yordam bergani uchun Iroq qamoqlarida saqlanmoqda.

Foto: Asia-Plus

Tojik fuqarolarini Iroqdan Tojikistonga qaytarish masalasini hal qilish doirasida Iroqdagi qamoqxonalar va lagerlarda 43 nafar ayol hamda 95 nafar bola borligi aniqlandi.

«Bugun ularning 84 nafari vataniga qaytarildi, yana 11 nafar bolani qaytarish bilan bog‘liq muzokaralar olib borilmoqda», - deyiladi Tashqi ishlar vazirligi saytida.

Aeroportda bolalarni qarindoshlari kutib olgan.

Foto: Asia-Plus
Foto: Asia-Plus
Foto: Asia-Plus
Foto: Asia-Plus
Foto: Asia-Plus

 

Avvalroq, so‘nggi yillarda Tojikistonning 1900 nafar fuqarosi IShID safida harbiy harakatlarda ishtirok etish uchun Suriya va Iroqqa jo‘nab ketgani haqida xabarlar tarqalgandi. Yaqin Sharqdagi qurolli to‘qnashuvlarda halok bo‘lganlar orasida qariyb 500 nafar tojik bor.

Top