8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

18:41 / 02.05.2019 8999

Toshkent viloyatida talaba boshqaruvidagi mashina YTH sodir etdi. Bir kishi halok bo‘ldi

Illyustrativ foto

Kuni kecha soat 20:40larda Toshkent viloyati Piskent tumanidan o‘tuvchi 4R20 “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” avtomobil yo‘lining 17-km.da haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan, Toshkent davlat pedagogika universitetining 4-bosqich talabasi T.U “Neksiya” rusumli avtoulovda Bekobod shahri tomonga ketayotib, chapga burilish harakatini amalga oshirayotgan vaqtida o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishda asosiy yo‘lda kelayotgan haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan I.B boshqaruvida bo‘lgan “Labo” rusumli avtoulov bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida “Labo” rusumli avtomobili haydovchisi, 1993 yilda tug‘ilgan I.B. olgan tan jarohatlari natijasida Piskent tumani jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv va tergov ishlari olib borilmoqda.

Top